Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

2026-yildan boshlab quriladigan turar joy majmualari nomi faqat o‘zbek tilida bo‘ladi

A A A
2026-yildan boshlab quriladigan turar joy majmualari nomi faqat o‘zbek tilida bo‘ladi

Hukumatning 22-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔴 Yangi o‘zgarishlar
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda:
— ob’ekt nomi,
— qurilish ob’ektlari loyihalari aks etgan bino pasporti,
— peshlavha,
— qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar,
— reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida bo‘lishi hamda davlat tili qoida va talablariga rioya etgan holda yozilishi lozim.

🔴 Hujjatlar qayerga topshiriladi?
Ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olishda, shuningdek, ulardan foydalanishga ruxsatnoma berishda mualliflik, texnik va ichki nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalariga taqdim etiladi.

🔴 Muddat — bir oy
Tegishli vazirlik va agentliklar bir oy muddatda “E-XSUD” axborot tizimini, shuningdek, ekologiya sohasida ruxsatnomalar berish elektron tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integrasiyalashgan axborot tizimi” hamda “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integrasiya qiladi.

🔴 Qarorning kuchga kirish sanasi
Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 08:47 24.10.2025. O'qildi: 1734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!