2026 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida issiqlik ta’minoti tizimlarini yaxshilash uchun 700 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qarorga muvofiq, 551 mlrd so‘m hisobidan 35 ta ob’ektda 28 ta qozonxona qurish va modernizasiya qilish, 335 km issiqlik tarmog‘ini tortish hamda 182 ta uyning ichki issiqlik tizimlarini tiklash rejalashtirilgan.
Natijada 103 021 ta xonadon, jami 1 962 ta ko‘p kvartirali uy va 76 ta ijtimoiy soha ob’ekti markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, 82 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan kreditor qarzdorlik qoplanadi va kelgusi yillar uchun loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.