Shota Rustaveli ko‘chasida BRT yo‘lagi hamda Islom sivilizasiyasi markazi hududida avtomobil tunneli ishga tushirildi.
Lekin Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Shahrisabz, Maxtumquli, Ohangaron ko‘chalaridagi tirbandlikdan aholi norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Toshkent shahri aholisi yildan-yilga oshib borayotgani hisobiga 100 mingdan ziyod maktab va bog‘cha o‘rinlariga ehtiyoj bor.
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi. 2026-yil Toshkent shahri uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi. Bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi»,
– dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yilda jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyani 3 ming, 2027-yilda esa 3,5 ming dollarga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilib, 2026-yilda 9 milliard dollar, ikki yilda 20 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya kiritiladi.