Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Javohir Sindarov FIDE reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi

Javohir Sindarov FIDE reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Kiprning Pafos shahrida o‘tayotgan Nomzodlar turniri 4-turi doirasida dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani mag‘lub etdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Sindorov onlayn FIDE reyting jadvalida 5 pog‘ona yuqorilib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster mart oyi yakunlariga ko‘ra, jahon reytingida 2745 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turgan edi. Nomzodlar turniri 4-turida Fabiano Karuana ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga Sindarov o‘z ochkolari sonini 2759,2 taga yetkazdi. Ushbu natija Javohirga onlayn reyting jadvalida dunyoning 6-raqamli shaxmatchisiga aylanish imkonini berdi. Hamyurtimiz bugungi g‘alabadan so‘ng reytingda So Uesli (AQSH, 2754,0) va Alirizo Firuzja (Fransiya, 2759,0)ni ortda qoldirdi.

Javohir Sindarov FIDE reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi

Ma’lumot uchun, Javohir Sindarov jahon shaxmat toji uchun kurashish huquqini beruvchi turnirda ishtirok etayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi.

U musobaqaning ilk turida rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan edi. 31 mart kuni o‘tkazilgan uchinchi turda hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhani mag‘lubiyatga uchratgan Sindorov, to‘rtinchi turga kelib Fabiano Karuana ustidan zafar quchdi.

Kiritildi: 23:43 01.04.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!