Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron prezidentidan muhim qadam: Pezeshkianning AQSh xalqiga maktubi e’lon qilinishi kutilmoqda

Eron prezidentidan muhim qadam: Pezeshkianning AQSh xalqiga maktubi e’lon qilinishi kutilmoqda

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian yaqin vaqt ichida Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga murojaat bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, «prezident Pezeshkian yaqin bir necha soat ichida Amerika xalqiga murojaat yo‘llaydi». Eronlik mulozim Mehdi Tabatabaiy ham «X» (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida Eron prezidentining Amerika jamoatchiligiga yo‘llangan muhim maktubi yaqin soatlarda e’lon qilinishini tasdiqlagan.

Ushbu murojaat AQSh prezidenti Donald Trampning Eron tomoni o‘t ochishni to‘xtatish va sulh so‘ragani haqidagi bayonotlari fonida kutilmoqda. Eron tomoni esa hozircha Trampning bu da’volarini «asossiz va yolg‘on» deb atagan.

Kiritildi: 23:11 01.04.2026. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!