Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Markaziy Osiyoda suv xavfi: muzliklar tez eriyapti

Markaziy Osiyoda suv xavfi: muzliklar tez eriyapti

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo daryolari jiddiy o‘zgarish bosqichiga kirmoqda.

2024/2025 gidrologik yili muzliklar uchun eng og‘ir yillardan biri bo‘lib, hajm yo‘qotish ko‘rsatkichlari 1950 yildan beri eng yomon darajalar qatoriga kirdi.

Pomir, Tyan-Shan va Hindikush muzliklari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Panj daryolarini ta’minlaydi.

Mutaxassislarga ko‘ra, dastlab suv oqimi oshadi, keyin esa uzoq muddatli suv tanqisligi yuzaga keladi.

Shuningdek, Rog‘un GES va Qambarota GES-1 kabi yirik loyihalar vaziyatga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu holat Orolbo‘yi mintaqasi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!