AQSh rahbari Donald Tramp Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian haqida gapirib, uni «avvalgilariga qaraganda ancha kam radikal va ancha aqlliroq» deb atadi va u Vashingtonga o‘t ochishni to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlashicha, Vashington bu masalani faqat «Hurmuz bo‘g‘ozi ochiq, erkin va xavfsiz bo‘lgan taqdirdagina» ko‘rib chiqadi. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Eronni yo‘q qiladi yoki ibora bilan aytganda, uni tosh davriga qaytarib yuboradi».
Kecha Pezeshkian Eron hukumati, agar respublika boshqa hujumlarga duchor bo‘lmasa, AQSh va Isroil bilan nizoni yakunlashga tayyorligini bildirgan edi.
«Bizda zarur shartlarga rioya qilgan holda, ayniqsa, tajovuz takrorlanmasligi kafolatlansa, ushbu urushni tugatish irodasi mavjud», — dedi Pezeshkian Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan telefon orqali muloqotda.
Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaro AQSh va Isroilning «dushmanona va tajovuzkor harakatlari natijasi» hisoblanadi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqini xolislikni yo‘qotganlikda tanqid qildi, chunki AQSh va Isroilning hujumlari «Evropa himoya qilaman deb da’vo qiladigan qonun ustuvorligi tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish» bo‘lgan.