Eron urush boshlanganidan beri Isroilga eng yirik raketa hujumlaridan birini amalga oshirdi va Isroil markaziga taxminan 10 ta ballistik raketa otdi.
Bu haqda Isroil Mudofaa Kuchlari matbuot kotibi idorasi ma’lum qildi.
Qutqaruv xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta hududlarga raketa parchalari tushgani haqida xabarlar bo‘lgan.
Hozirda qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.