Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta almashuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda hisoblanadi.
Xususan, rasmiy kurs birja va birjadan tashqari tuzilgan bitimlarning o‘rtacha tortilgan kursi asosida shakllantiriladi.
Bu esa rasmiy almashuv kursini hisoblashda ichki valyuta bozoridagi bitimlarni kengroq qamrab olish va bozor holatini yanada aniq aks ettirish imkonini beradi.
Shuningdek, dam olish kunlari, shu jumladan shanba va yakshanba kunlari uchun oxirgi ish kuni bo‘yicha rasmiy e’lon qilingan kurslardan foydalanish amaliyotiga o‘tiladi.