Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimi takomillashtiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–38-son, 10.03.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasining 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.
🏛 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi.
✅ 2026 yil 1 apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda byudjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalariga yo‘naltiriladi.
📝 Davlat xavfsizlik xizmatining milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ularning kiberxavfsizlik borasidagi kamchiliklarini aniqlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazib boriladi.
🔎 Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada o‘tkaziladi.