"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shunday qilib, Dembele yakunlanayotgan yilda uchta nufuzli individual mukofotni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Usmon Dembele "Oltin to‘p" hamda FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
2025/2026 yilgi mavsumni oladigan bo‘lsak, Dembele klub miqyosida 14 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda hujumchi o‘z hisobiga to‘rtta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
"PSJ" ayni damda Fransiya chempionatida 2-o‘rinda bormoqda. Luis Enrike jamoasi "Lans"dan bir ochko ortda qolmoqda.