Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) inson huquqlari tashkilotining bugun, 9 dekabr kuni chop etilgan matbuot erkinligi bo‘yicha yillik hisobotida ma’lum qilindi.
"2024 yilning 1 dekabridan 2025 yilning 1 dekabriga qadar taxminan 67 nafar jurnalist halok bo‘lgan. O‘ldirilgan jurnalistlardan 53 nafari urush harakatlari yoki jinoiy guruhlar qurboni bo‘lgan", deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, 29 jurnalist halok bo‘lgan G‘azo sektori “eng xavfli hudud” bo‘lib qolmoqda. 9 jurnalist o‘ldirilgan Meksika 2-o‘rindan joy olgan. Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan o‘zini himoya qilishda davom etayotgan Ukraina, shuningdek, Sudan va Suriya ham jurnalistlar uchun yuqori darajada xavfli davlatlar sifatiga ko‘rsatilgan.
“Chegara bilmas muxbirlar” hisobotiga ko‘ra, hozirda 62 davlatda 503 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda, bu o‘tgan yilgidan biroz pastroq. Eng ko‘p jurnalistlar Xitoy (121), Rossiya (48), Myanma (47), Belarus (33), Vyetnam (28) va Ozarbaoyjon (25) davlatlarida qamoqqa olingan. Rossiyada eng ko‘p hibsga olingan xorijiy jurnalistlarning 26 nafari ukrainaliklardir. Isroil ikkinchi o‘rinda, u yerda 20 nafar falastinlik jurnalist hibsda saqlanmoqda.