Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

2025 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

2025 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi milodiy 2025 yilgi, ya’ni hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, bu yil mo‘min-musulmonlar ushbu ibodatlarni o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib ado etishlari kerak.

Fatvo markazi zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib, 61 million 200 ming so‘m deb belgilandi. Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 million 200 ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki savdo-tijorat moli bo‘lsa, u jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%) ni zakot niyatida haqdorlarga berish majburiyatiga ega.

Fitr sadaqasining miqdori ushbu to‘rt mahsulot asosida belgilandi: bug‘doy unidan 10 ming so‘m, arpadan 16 ming so‘m, mayizdan 110 ming so‘m, xurmodan esa 180 ming so‘m. Har bir shaxs o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu mahsulotlardan birini yoki uning qiymatini fitr sadaqasi sifatida berish orqali majburiyatni bajarishi mumkin.

Fidya miqdori esa fitr sadaqasi miqdori bilan bir xil etib belgilandi. Demak, imkoniyati cheklangan kishilar ushbu to‘rt mahsulotdan birini yoki uning qiymatini fidya niyatida berish orqali o‘z majburiyatlarini ado etishlari mumkin.

Bu qaror O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilindi va barcha mo‘min-musulmonlarga ushbu majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish tavsiya etilmoqda.

Kiritildi: 17:22 28.02.2025. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!