Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

2025 yil Toshkent tarixidagi eng issiq yil sifatida qayd etildi

2025 yil Toshkent tarixidagi eng issiq yil sifatida qayd etildi

O‘tgan yil poytaxt uchun nafaqat quruq, balki o‘ta issiq bo‘ldi — yil davomida biror oy ham me’yordan salqin kelmadi. Natijada 2025 yilda o‘rtacha yillik havo harorati +17,3°S ni tashkil etdi. Bu esa 1867 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi rekord — 2023 yildagi +17,0°S ni 0,3°S ga yangiladi.

Taqqoslash uchun, poytaxtdagi eng sovuq yil 1920 yil bo‘lib, o‘sha paytda o‘rtacha yillik harorat atigi +11,8°S ni tashkil etgan. Ma’lumotlar O‘zgidrometning “Toshkent — Observatoriya” tayanch meteostansiyasi tahlillari asosida tayyorlandi.

Kiritildi: 17:16 04.01.2026. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!