✅ Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.
🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1 martdan 1 mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin.
Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.