Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2021 yildan beri Mersga nisbatan 5 mingga yaqin haqoratli maktublar yuborilgani ma’lum bo‘ldi

2021 yildan beri Mersga nisbatan 5 mingga yaqin haqoratli maktublar yuborilgani ma’lum bo‘ldi

2021 yildan buyon Xristian-Demokratik ittifoq raisi, Germaniya kansleri Fridrix Mers internetdagi haqoratlar yuzasidan jami 4999 ta shikoyat yuborgan.

Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi o‘zi qo‘lga kiritgan hujjatlar, jumladan, shikoyatlar, advokatlarning xatlari va tergov materiallariga tayanib xabar berdi.

Gazetaning qayd etishicha, Mers “Federativ respublika tarixidagi eng nozik siyosatchilardan biri”. Nemis muxolifatining yetakchisi sifatida ham u haqoratlar yuzasidan yuzlab shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Aniqrog‘i, ayrimlar uni “kichkina nasist” va “iflos ichkilikboz” deb ataganidan keyin ular huquq-tartibot idoralariga yuborilgan. Ba’zi hollarda, hatto Mersni qoralaganlarning uylarida tintuvlar o‘tkazildi va bir holatda sud bu tintuvlarni noqonuniy deb topdi.

Welt am Sonntag nashriga ko‘ra, nogiron keksa ayol Mersni “kichik nasist” deb atagan. Polisiya kelganida, u darhol tan oldi. Biroq shifokorlar va tibbiyot xodimlari bilan bog‘lanishi kerak bo‘lgan uyali telefonini olib qo‘yishdi. Ayol, shuningdek, yahudiy ildizlariga ega ekanligini va Mersni "yangi fashizm" tarafdori deb hisoblagan.

Kiritildi: 09:00 08.12.2025. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!