Raqobat qo‘mitasi murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan shikoyatlar asosida 2 800 dan ortiq avtobus bekatini o‘rgandi va qator kamchiliklarni aniqladi:
🔹 286 ta bekatda — issiq-sovuqdan himoyalovchi to‘siqlar yo‘q;
🔹 210 ta bekatda — savdo shoxobchalari kutish zallarida;
🔹 387 ta bekatda — nogironlar uchun panduslar yo‘q;
🔹 412 ta bekatda — yoritgichlar o‘rnatilmagan;
🔹 156 ta bekatda — nom ko‘rsatkichi yo‘q;
🔹 255 ta bekatda — yo‘nalish raqami ko‘rsatilmagan.
Aniqlangan holatlarni bartaraf etish uchun Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga ko‘rsatma yuborildi.
Bekatlar davlat standarti va xavfsizlik talablariga javob berishi shart.