Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“1FIT” MCHJ reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

“1FIT” MCHJ reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklama qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda.

Monitoring jarayonida “1FIT” MCHJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi va adashtiruvchi ifodalar qo‘llanilgani aniqlandi.

Shu bois qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot uchun, ushbu qarordan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Kiritildi: 23:24 19.09.2025. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!