Kataloniyaning «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi nominasiyasida «Real Madrid»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning natijasini yangiladi.
Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli yarim himoyachisi to‘rtinchi bor Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ronaldu esa o‘z vaqtida bu mukofotni atigi uch marta qo‘lga kiritgan edi.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Yamal «Barselona» safida 28 ta uchrashuv o‘tkazdi. Lamin 16 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniya chempionatining 33 turidan so‘ng «Barselona» 85 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqdalar.