"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
Mutaxassislar 17 yoshli ispaniyalik futbolchining imkoniyatlarini 40 foizga baholamoqda. Uning asosiy raqibi Usmon Dembeleda 38 foiz imkoniyat borligi qayd etilgan.
Lamin joriy mavsumda "Barselona" bilan Ispaniya Superkubogi, kubogi va La Ligani qo‘lga kiritdi. U iyunda terma jamoasi bilan Millatlar ligasi hal qiluvchi o‘yinlarida ishtirok etadi.