Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

17 yoshli Lamin Yamal La Ligada yana bir yangilash qiyin bo‘lgan rekordni o‘rnatdi

17 yoshli Lamin Yamal La Ligada yana bir yangilash qiyin bo‘lgan rekordni o‘rnatdi

"Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal navbatdagi rekordni o‘rnatdi.

Vinger La Liganing 36-turida "Espanyol"ga qarshi kechgan va "ko‘k-anorranglilar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin qahramoniga aylandi. Derbidagi muvaffaqiyat "Barsa"ni muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylantirdi. The Touchline xabariga ko‘ra, Yamal 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida ikki karra La Liga g‘olibi bo‘lgan tarixdagi ilk futbolchi hisoblanadi. Birinchi chempionlik ikki yil oldin, vunderkindning asosiy tarkibdagi debyutidan ko‘p o‘tmay qo‘lga kiritilgan.

Lamin Yamal chempionatning joriy mavsumida 33 ta bahsda 8 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Espanyol"ga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yinda yosh ispaniyalik futbolchi raqib darvozasiga to‘p kiritib, golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:58 16.05.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!