AQSh fuqarosi Jeyms Farting 2025 yil aprelida lotereyadan 167 million dollar yutib olgan. Ammo shundan keyin ham u bir necha bor polisiya tomonidan hibsga olingan.
So‘nggi holatda Farting mast holda va marixuana ta’sirida mashina boshqargan. Polisiya uni supermarket avtoturargohida mashinasi dvigateli ishlab turgan holda uxlab yotgan paytda topgan.
Lotereyada yutganidan keyin unga yana to‘rtta jinoiy ayblov qo‘yilgan. Ular orasida polisiya xodimiga tajovuz qilish, uyga noqonuniy kirish va 12 ming dollar o‘g‘irlash hamda ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilish gumonlari bor.
The Smoking Gun ma’lumotiga ko‘ra, Farting 50 yillik umrining 30 yilini qamoqda o‘tkazgan. U avval pora berish va giyohvand moddalar savdosi kabi jinoyatlar uchun jazo olgan.