Bugun 9 iyun, 2023 yil, juma

КИР

16 yoshli firibgarning "kirdikori" fosh bo‘ldi

16 yoshli firibgarning "kirdikori" fosh bo‘ldi

Oltiariq tumanida yashovchi 37 yoshli O.R. murojaat qilib, noma’lum shaxs plastik kartasidan 1 mln. 600 ming so‘m pullarini o‘zlashtirganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 16 yoshli SH.SH. telegram messenjeri orqali O.R. bilan suhbatlashib, pullarini bir zumda 2 barobar ko‘paytirib berishini aytib, messenjer orqali zararli havola yuborgan holda plastik karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirganligi aniqlandi.

SH.SH.ga nisbatan O‘zR JKning 168- moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, SH.SH. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 21:40 20.03.2023. O'qildi: 2347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!