Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

16-may kuni Markaziy Osiyo Prezidentlari Xitoyga boradi

16-may kuni Markaziy Osiyo Prezidentlari Xitoyga boradi

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sian shahrida 18—19-may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Xitoy—Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

“Xitoy—Markaziy Osiyo” sammiti 18—19-may kunlari Shensi provinsiyasi Sian shahrida bo‘lib o‘tadi. Forumga XXR raisi Si Szinpin mezbonlik qiladi” deyiladi xabarda.

Xua Chuninga ko‘ra, sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Turkmanistondan tashqari ushbu davlatlar Prezidentlari 16—20-may kunlari Xitoyga parallel davlat tashriflarini amalga oshiradi.

Kiritildi: 12:11 08.05.2023. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!