Hukumat qaroriga muvofiq, mamlakat bo‘ylab 130 ta suv ob’ekti daryo va soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar hamda suv omborlarining davlat tilidagi nomlari tasdiqlandi. Ro‘yxatga yangi gidronimlar ham kiritildi: Sassiqsoy nomi Sho‘rsuv, Gaiston sel suv ombori Yangiqo‘rg‘on deb, Jinnidaryo esa Zo‘g‘atasoy deb o‘zgartirildi.
Bundan avval 320 ta temiryo‘l ob’ektining nomi davlat tili talablariga moslashtirilgan edi. Endi navbat tog‘lar va tog‘ tizmalari, cho‘qqilar, dovonlar va g‘orlar nomlarini tartibga solishga keldi.