Yunusobod tumanida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 13-may soat 22:00 dan 15-may 06:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
"Ko‘rsatilgan muddat davomida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!", deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.