«Politico» nashri xabariga ko‘ra, yozgi ta’til mavsumi arafasida 11 ta Yevropa davlati rossiyalik sayyohlar uchun Shengen zonasiga kirish qoidalarini kuchaytirish tashabbusi bilan chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli xat Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas va Yevropa komissiyasining ichki ishlar va migrasiya bo‘yicha komissari Magnus Brunnerga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbusni Boltiqbo‘yi davlatlari (Latviya, Litva, Estoniya), Chexiya, Daniya, Finlyandiya, Niderlandiya, Polsha, Shvesiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Islandiya va Norvegiya qo‘llab-quvvatlagan.