Raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida davlat xaridlarida yirik qonunbuzilishlar aniqlandi va tegishli choralar ko‘rildi.
Aniqlangan holatlardan ayrimlari:
➖ Buxoro viloyati:
— Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 500 mln so‘mdan ortiq qonunbuzilish.
➖ Farg‘ona viloyati:
— Sog‘liqni saqlash boshqarmasida 6 ta holat — jami 8 mlrd so‘mga yaqin.
➖ Jizzax viloyati:
— Agrotexnologiya texnikumida 140 mln so‘mga yaqin;
— Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 4 ta — 766 mln so‘m;
— Obodonlashtirish boshqarmasida 17 mln so‘mga yaqin.
➖ Navoiy viloyati:
— Tibbiyot birlashmasida 7 ta holat — 1,7 mlrd so‘mga yaqin;
— Onkologiya markazi filialida 100 mln so‘mlik qonunbuzilish.
Tekshiruvlarda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilgani, savdolarda raqobatni cheklovchi harakatlar sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.
📝 Mazkur holatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, mas’ul tashkilotlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.