Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

100 mingta ob’ektda, 150 mingta xonadonda jami 600 MVt quvvatda quyosh paneli o‘rnatiladi - Bosh prokuratura

100 mingta ob’ektda, 150 mingta xonadonda jami 600 MVt quvvatda quyosh paneli o‘rnatiladi - Bosh prokuratura

Kuni kecha Davlat rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuror o‘rinbosari SH.Aminov tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, Energetika va Ichki ishlar vazirliklari, Departament, O‘zenergoinspeksiya, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” jamiyatlari va ularning hududiy tuzilma rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari hamda prokurorlar qatnashdi.

Unda, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish hamda energoresurslarni iqtisod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Mas’ullarga Davlat rahbarining huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishida 100 mingta ob’ektda, 150 mingta xonadonda jami 600 MVt quvvatda quyosh paneli o‘rnatilishi bo‘yicha berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda mahalliy hokimliklar, bojxona, O‘zenergoinspeksiya, tijorat banklari, ta’minot korxonalari va boshqa tegishli idoralardan iborat ishchi guruh tuzish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shu bilan birga, iqtisod qilishning qo‘shimcha manbalarini aniqlash, reaktiv batareya o‘rnatish bo‘yicha ulgurji iste’molchiga yozma ko‘rsatma borish, ikki bosqichliga o‘tkazish, nostandart gaz yondirgichlarni almashtirish bo‘yicha tumanlar kesimida oyma - oy grafik ishlab chiqish, 400 ta yirik iste’molchilarda energoaudit o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi Respublika shtabi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari, berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarga bajarish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar tanqid qilinib, ogohlantirildi.

Kiritildi: 19:49 29.01.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!