AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘rtasida ochiq mojaro avj oldi. Tramp Zelenskiyning reytingi go‘yoki to‘rt foizga tushib ketgani va Ukraina kelishuvga erishganida urushdan qochib qutulishi mumkinligini aytganidan so‘ng, Kiyev keskin javob qaytardi.
Bugun Ukraina poytaxtida gapirgan Zelenskiy Trampni Rossiya tashviqotini tarqatayotganlikda aybladi.
«Afsuski, prezident Tramp - davlat rahbari sifatida unga hurmat bilan, biz buni juda qadrlaymiz - bu dezinformasiya pufakchasida yashaydi», dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy, shuningdek, Tramp jamoasini «ko‘proq haqiqatni aniqlashga» chaqirdi va ma’lumotlar yo‘qligi tufayli «Putinni izolyasiyadan olib chiqayotganini» aytdi.
Ukraina yetakchisi AQSh va Rossiya vakillarining Saudiya Arabistonidagi muzokaralariga ham izoh berib, Ukraina muhokamaga kiritilmasa, hech qanday kelishuvni qabul qilmasligini aytdi.
Avvalroq Tramp Mar-a-Lagodagi nutqida Zelenskiyni uzoq davom etgan mojaro uchun tanqid qilgan va Kiyev Moskva bilan ancha oldin kelishuvga erishgan bo‘lishi mumkinligiga shama qilgan edi.