Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

100 ming gektarga chetdan keltirilgan yuqori hosildor urug‘lik chigit ekilishi aytildi

A A A
100 ming gektarga chetdan keltirilgan yuqori hosildor urug‘lik chigit ekilishi aytildi

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investisiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urug‘lik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyatida 8 ming gektarga chigit to‘liq ekib bo‘lingan. Andijon viloyatida ekish yaqinda tugatiladi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘onada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 18:09 16.04.2024. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!