Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

100 million yevrolik yulduz “Real”dan norozi!

100 million yevrolik yulduz “Real”dan norozi!

Braziliyalik hujumchi Rodrigo Madridning "Real" klubini tark etish niyatida, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, yulduz forvard yaqinda La Liganing 35-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (3:4) qarshi o‘yinda maydonga tushishdan bosh tortgan edi. Rodrigo "ko‘k-anorranglilar" bilan Qirol kubogi finalida almashtirilganidan norozi edi. Braziliyalik futbolchini "Real"dagi mavqei qoniqmayapti, u klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

24 yoshli hujumchi madridliklar safida 2019 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda.Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:31 13.05.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!