“Real Madrid“ yozda himoya chizig‘ini kuchaytirishni reja qilgan.
“Real“ga yangi murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Xabi Alonso klub rahbariyatiga “Bornmut“ markaziy himoyachisi Din Xyoysen va “Benfika“ chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni sotib olish istagi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi“ nomi ko‘rsatilgan futbolchilarni sotib olish uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashga tayyor. “Bornmut“ vakillarining ta’kidlashicha, Xyoysenga qiziqayotgan jamoa uning uchun 58 million yevro tovon puli to‘laydi. O‘z navbatida, Karrerasning shartnomasida 50 million yevroga muddatidan oldin bekor qilish bandi ham mavjud.
Joriy mavsumda Xyoysen barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Karreras barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.