Joriy yilning 25 fevral kuni soat 21:48larda Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 10 sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi “BMW” rusumli avtomashinaning urib yuborishi natijasida hayoti uchun og‘ir tan jarohatlarini olib 3 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va ko‘p sonli shaxsiy tarkibi Toshkent shahri IIBB JXX YHXB Yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2-batalyoni 4-safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lining vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022 yildan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan qardli ota-onasi, suyukli ayoli, 2 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz farzandlari qoldi.
Vatan o‘z qahramon o‘g‘lonlarini unutmaydi!