Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

10 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytdi

10 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytdi

Insonparvalik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.

Bugungi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasi talablari asosida jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish yuzasidan 36-son MK tomonidan kiritilgan taqdimnomalar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmoqda.

Joriy yilning 4 may sanasida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan 36-son Manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan jazoni o‘tash davrida ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan, jazoni o‘tash davrida intizomiy jazolarga tortilmagan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 10 nafar mahkumlarga JKning 74-moddasiga asosan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirildi va mahkumlar o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.

Inson hayotining quvonchu tashvishlari, baxtli va behalovat damlarini mujassam qilgan oilaning qadriga yetmoqlik-saodat. Uni asrab-avaylash yo‘lidagi suqmoqlardan sabr-matonat bilan
o‘tganlar-saodatmand.

 

Dilnoza Xonbo‘tayeva,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon
shahar sudi raisi

 

 

 

 

 

Kiritildi: 11:14 05.05.2020. O'qildi: 2544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!