Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

10 iyul Messi va Ronaldu uchun alohida ahamiyatga ega kun ekanligini bilarmidingiz?

10 iyul Messi va Ronaldu uchun alohida ahamiyatga ega kun ekanligini bilarmidingiz?

10 iyul futbol tarixida alohida ahamiyat kasb etadigan kun hisoblanadi. Ushbu sanada Messi ham Ronaldu ham sardor sifatida milliy jamoa bilan o‘zlarining ilk sovrinini qo‘lga kiritishgan.

9 yil avval portugaliyalik «yulduz» Krishtianu Ronaldu o‘zining milliy jamoasi bilan birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Yevro 2016 finalida Portugaliya qo‘shimcha daqiqalarda Ederning goli evaziga Fransiyani mag‘lub qilgan edi. O‘shanda Ronaldu kutilmaganda orttirib olgan jarohati tufayli bahsning 25-daqiqasida maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgan va o‘yinning qolgan qismda murabbiy bilan tengma-teng turib futbolchilarga ko‘rsatmalar bergan edi.

Messi ismi Ronaldu bilan har doim bir xilda tilga olinadi. Lionel 4 yil avval Argentina milliy jamoasi bilan o‘zining ilk titulini qo‘lga kiritgan edi. Messi jamoasi Kopa Amerika 2021 finalida Braziliyani 22-daqiqada Di Mariyaning goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘shanda Messi 4 ta goli bilan turnirning eng yaxshi to‘purari va chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 23:24 10.07.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!