O‘nga yaqin davlat kelajakda mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, 19 avgust kuni Yevropa rasmiylarining uchrashuvida Ukrainaga Britaniya va Fransiya qo‘shinlarini yuborishning aniq rejasi muhokama qilingan. Yig‘ilish ishtirokchilari harbiylarning soni va joylashishini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida u AQSh ma’muriyati rahbari bo‘lib qolar ekan, Ukrainada Amerika qo‘shinlari bo‘lmasligini aytgan edi.