Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

1 oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnomalar majburiy bo‘ladi

1 oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnomalar majburiy bo‘ladi

1 oktyabrgacha moped va skuter haydovchilari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, ushbu transport vositalari esa davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan.

Elektromotosikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etildi. Hukumat qarori bilan foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 2025 yil 30 sentyabrga qadar amal qiladigan vaqtinchalik nizom tasdiqlangan.

Moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish YHXX hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Moped va skuterlarni guvohnomasiz boshqarganlar jarimaga tortiladi.

Kiritildi: 23:05 29.09.2025. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!