Diniy qo‘mita Umra lisenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
Lisenziya talabgorlari uchun «Ziyorat» jamg‘armasiga 1 million dollarlik zaxira qo‘yilishi, aviakompaniyalar bilan tuzilgan shartnoma kabi shartlar o‘zgarmagan. Vakolatli organ arizalarni 7 aprelgacha qabul qiladi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga lisenziya berilgan.