Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Kurskga hujum qilib katta xatoga yo‘l qo‘ydi

Ukraina Kurskga hujum qilib katta xatoga yo‘l qo‘ydi

Evropada Ukraina Qurolli Kuchlarining Kurskdagi hujumi harbiy xato deb baholandi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatiga hujumi harbiy xato va ehtiyotsiz siyosiy qadam bo‘ldi.

La Repubblica gazetasi harbiy sharhlovchisi Janluka Di Feoning yozishicha, Kiyevga hududlarni almashish bo‘yicha muzokaralar jarayonida foyda keltirishi kerak bo‘lgan harakat endi bumerang kabi qaytishi mumkin.

Muallif ta’kidlashicha, bu holat, aksincha, Moskvaning qo‘liga g‘alaba tuhfa etdi. 13 mart kuni ozod etilgan Sudjaga olib boradigan yo‘llar "portlatilgan jangovar mashinalar qabristoni"ga aylandi. "Kurskdagi manyovr harbiy nuqtai nazardan xato bo‘lib chiqdi, u Kiyev uchun to‘ldirish qiyin bo‘lgan inson resurslari va qimmatbaho harbiy texnikani sarflab yubordi," - deb yozadi sharhlovchi.

Uning ta’kidlashicha, yagona ijobiy ta’sir mojaroning boshqacha yakunlanishiga umid qilgan ukrainaliklarning jangovar ruhini vaqtincha ko‘tarish bo‘lgan.

"Ammo bu umid Donald Trampning [AQSh prezidenti etib] saylanishi bilan puchga chiqdi," - deya xulosa qiladi muallif.

Kiritildi: 22:02 15.03.2025. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!