Xitoy poytaxtida xorijlik jurnalistlar ishtirokida tadbir tashkil qilib, Sharqiy Turkistondagi zulmlarini oqlashga urindi. Aslida, Pekin yillar davomida hududdagi etnik ozchilikni qatag‘on qilib, buni "uch yovuz kuch"ga qarshi kurash deb atab keldi. Bundan tashqari hukumat Islomni xitoylashtirishga qattiq kirishgan. Huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 16 mingdan ortiq masjid buzilgan yoki vayron qilingan, saqlanib qolinganlari esa kafe, bar va boshqa ko‘ngilxushlik maskanlariga aylantirilgan.