AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsuvta’minot"AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ushbu savolga javob berdi:
Qayd etilishicha, 1 metr kub ichimlik suv tarif xarajatlarida:
⏺elektr energiya xarajatlari – 27 foizni;
⏺mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlari – 19 foizni;
⏺Xorijiy moliya tashkilotlarining jalb etilgan kreditlarini qaytarish xarajatlari – 21 foizni;
⏺ish haqi xarajatlari – 29 foizni;
⏺amortizasiya va boshqa xarajatlar – 4 foizni tashkil etadi.
Ichimlik suvini yetkazib berish xarajatlari farqlanishi hisobiga, tariflar har bir viloyat hududlarida har xil shakllantirilgan.
Ichimlik va oqova suv tariflari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi va monopoliyaga qarshi kurashish hamda moliya organlari xulosalari asosida hududiy xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilanadi.
Respublika bo‘yicha eng arzon 1 metr/kub tarif qiymati Toshkent shahrida 400 so‘m, eng qimmat tarif qiymati Navoiy viloyatida 3 000 so‘mni tashkil etadi.
Barcha viloyatlarda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda oqova suv xizmatlari darajasini oshirish rejalashtirilgan.