Rossiya Mudofaa vazirligi MDH, Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari harbiy rahbariyati bilan 20 ga yaqin xalqaro muzokaralar o‘tkazdi.
Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya harbiy oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashdan tortib, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishgacha bo‘lgan turli masalalar muhokama qilindi.