Xorazm viloyatida 1979 yil tug‘ilgan shaxs mahalladoshini jinoiy javobgarlikdan qutqarib qolish maqsadida tergovchidan jinoyat ishini tugatishini iltimos qilib, evaziga 25 000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, uning 2004 yil tug‘ilgan mahalladoshi 15 aprel kuni qariyb 750 g giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Urganch tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan bo‘lgan.
Tergovchi pora taklif qilgan gumondorning noqonuniy taklifi bo‘yicha rahbariyatga bildirgi orqali ma’lum qilgach xabari tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
8 may kuni tergovchiga berilgan 25 000 va yana 5000 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Jinoyat kodeksining 211-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.