Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

1 dekabrdan boshlab AI-80 benzini sotuvi to‘xtatiladi

1 dekabrdan boshlab AI-80 benzini sotuvi to‘xtatiladi

Prezidentning 18 noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 benzinini AYOQShlarda sotishni oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Shuningdek, ushbu qaror asosida, yana bir qator choralar belgilanmoqda:

⁃ respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘larini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;

⁃ qurilish uchun ajratilgan ob’ektlarda qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar o‘rnatiladi;

Toshkent shahar o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi;

⁃ poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;

⁃ Tig‘iz vaqtlarda shaharda yuk mashinalari harakati cheklanadi;

⁃ Binolarni loyihalashda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olish talabi qo‘yiladi;

⁃ Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Kiritildi: 19:15 22.11.2025. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!