Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirishga urinish holatiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan shaxs tadbirkorning ishonchiga kirib, unga Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yerni vakolatli tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U o‘z xizmati uchun 750 ming AQSh dollari so‘ragan.
Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs kelishilgan puldan 20 ming dollar avans olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.