Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryodagi so‘nggi bemor: "Bir ota sifatida xayolimdan o‘tayotganlarini tushuntirib bera olmayman"

Qashqadaryodagi so‘nggi bemor:  "Bir ota sifatida xayolimdan o‘tayotganlarini tushuntirib bera olmayman"

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatidan koronavirusga chalingan  eng so‘nggi bemor ham reabilitisiyaga kuzatildi.

Qayd etilishicha, mazkur bemor B.SH. 36 yoshda, Chiroqchi tumanida yashaydi. Uning oilasidan jami besh nafar kishi Toshkent shahridagi qarindoshidan (u kasallik oqibatida vafot etdi) koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.

Ochig‘i, bu mo‘’jizani ko‘pchilik  izohlashga ojiz qolmoqda. Gap shundaki, B. SH. va uning to‘rt nafar farzandi tojdor virusga chalingan bir paytda, shukurki,  turmush o‘rtog‘ini  bu dard negadir chetlab o‘tdi. Balki bu faqatgina bolalari va yaqinlari salomatligini tilaydigan ONAlargagina nasib etadigan mo‘’jizaviy qudrat ifodasidir?!

Ayni paytda karantindan chiqqan ona va uning og‘ir darddan sog‘aygan sakkiz yoshli farzandi Chiroqchidagi uyiga kuzatilib, xonadoni chirog‘ini yoqdi...

- Oilamni bu dard changalidan asrab qolgan shifokorlarimizga boshim yerga tekkunicha ta’zim qilaman, - deydi oila sohibi. - Kasallik alomatlari bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga keltirilgan kunim o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Xayolimda faqat birgina tashvish  - "Ey xudo, oilamni, bolalarimni o‘zing asra! Bu dard dunyoni zir titratib turibdi, biz nima qila olamiz endi?!" Prezidentimizga, hukumatimizga ming rahmat! Dunyoning manaman degan davlatlari davolash xarajatlari falon ming dollar deb  turganida butunlay tekinga oilamning salomatligini asrab qolib, bizni oyoqqa turg‘azishdi. Bir ota sifatida xayolimdan o‘tayotganlarini hozir tushuntirib bera olmayman. Og‘ir darddan sog‘aygan bolalarim qatorida yaqin insonlarimga aylanib qolgan, o‘z halovatidan kechib, bizga g‘amxo‘rlik qilgan do‘xtirlarni ham bag‘rimga bosgim keladi...

Darvoqe, so‘nggi bemor reabilitasiyaga kuzatilgan kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi tibbiyot xodimlariga minnatdorlik tuhfalari - oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bunday rag‘batlar hali ko‘p davom etadi. Zero, el salomatligining asl posbonlari har qancha qadr, hurmat va rag‘batga munosibdir!

Nuriddin Egamov,
Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi
axborot xizmati rahbari.

Kiritildi: 17:08 01.05.2020. O'qildi: 3840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!