Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Nukusda 200 ming dollar tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi

Nukusda 200 ming dollar tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tovlamachilik yo‘li bilan fuqarodan 200 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, chet el fuqarosi Nukus shahri Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘z rahbarligidagi kompaniya filialida ishlagan shaxs uni shantaj qilayotganini bildirgan.

Mazkur shaxsning aytishicha, filialda operator bo‘lib ishlagan S. ismli fuqaro internet orqali yozishmalar yuborib, kompaniya obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar borligini aytgan. U turli bosimlar orqali 200 ming AQSh dollari talab qilib, aks holda ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalariga tarqatish bilan tahdid qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida S. ismli fuqaro Nukus shahridagi mehmonxonalardan birida pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs avval ham sudlangan bo‘lib, yana jinoyat yo‘liga kirgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:19 04.05.2026. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!