Truth Hounds hamda bir qator inson huquqlari tashkilotlari hisobotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi tarkibida jang qilgan xorijliklar orasida eng ko‘p halok bo‘lganlar o‘zbekistonliklar ekani qayd etilgan. Tadqiqotda 2022 yildan buyon Rossiya kamida 130 dan ortiq davlat fuqarolarini harbiy xizmatga jalb qilgani aytiladi.
Hisobotga ko‘ra, kamida 481 nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan bo‘lib, bu xorijliklar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, migrantlar ko‘pincha bosim, aldov va majburlash orqali harbiy shartnomalarga jalb qilingani, keyinchalik esa xavfli front hududlariga yuborilgani ta’kidlangan.