Bu haqda payshanba kuni mamlakat davlat telekanali xabar berdi.
80 yoshli Aun San Su Chji 2021 yilgi davlat to‘ntarishi natijasida harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilganidan beri hibsda ushlab turilgan edi. U sobiq muxolifat yetakchisi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori va 2016 yildan to oxirgi to‘ntarishgacha Myanma hukumatining amaldagi rahbari bo‘lgan.
2022 yil dekabrida harbiy sud uni yana yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan va umumiy qamoq muddati 33 yilga yetgan edi. Keyinchalik bu muddat 27 yilgacha qisqartirilgan. U poytaxt Neypidodagi harbiy qamoqxonada saqlanayotgan edi.
To‘ntarishga boshchilik qilgan harbiy rahbar Min Aun Xlaingning bayonotida aytilishicha, siyosatchining qolgan jazo muddati yengillashtirilgan va u endi jazoni belgilangan yashash joyida o‘taydi.
Aun San Su Chji 2015 yilda demokratik islohotlardan so‘ng hokimiyatga kelgan edi. Ungacha esa o‘nlab yillar davomida demokratiya faoli sifatida kurashgan va 15 yildan ortiq vaqtini uy qamog‘ida o‘tkazgan.